O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida doimiy aviaparvozlar tiklanadi

Jamiyat

image

Toshkent shahri hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi poytaxti Qobul va Mozori-Sharif shaharlari o‘rtasida doimiy aviaparvozlar tiklanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 12 noyabr kuni imzolangan “Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.

Mazkur qaror bilan qabul qilingan Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga ko‘ra, Toshkent – Mozori-Sharif va Qobul shaharlari bilan doimiy aviaqatnovlarni tiklash belgilangan.

Qarorda qayd etilishicha, bu borada joriy yilning noyabr oyida Afg‘onistonning “KamAir” va “Ariana Afghan Airlines” kompaniyalari hamda “Uzbekistan airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi va dekabr oyida ikki tomonlama kelishuv imzolanadi. 

2021 yilning yanvar oyidan Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirishga start beriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Afg'oniston

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing