O‘zbekistonning Ummonga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Bugun, 30 avgust kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida CAFA Nations Cup 2025 musobaqasi A guruhi doirasida O‘zbekiston va Ummon terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu uchrashuvda maydonga tushadigan O‘zbekiston terma jamoasining tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, jamoalar shu paytgacha 3 marta maydonga tushgan. 2014 yilda bo‘lib o‘tgan ikki o‘rtoqlik o‘yinida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi har ikkala bahsda ham 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Keyinchalik, 2019 yil Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan Osiyo Kubogi guruh bosqichida Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston termasi guruh bosqichida Ummon ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Shunday qilib, hozircha umumiy natija 2:1 hisobida Ummon foydasiga.

Ayni vaqtdagi terma jamoalar bosh murabbiylari Timur Kapadze va Karlush Keyrush murabbiy sifatida bir marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ular 2018 yilgi Eron va O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvida terma jamoalarning bosh murabbiyi hisoblanardi. Uchrashuvda 1-0 hisobida Karlush Keyrush shogirdlari g‘alaba qozongan.

Ayni damda FIFA reytingida O‘zbekiston 55-o‘rinni, Ummon esa 79-pog‘onani egallab turibdi.

Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ummon CAFA Nations Cup

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing