O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari aniq bo‘ldi
Sport
−
23 iyul 9132 1 daqiqa
Joriy yilning 19 sentyabr – 4 oktyabr kunlari Yaponiyaning Aychi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadigan XX Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “S” guruhidan joy oldi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “S” guruhidan joy oldi.
“S” guruhi:
- Vetnam
- O‘zbekiston
- Filippin
- Quvayt
Qur’a oldidan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ikkinchi savatdan o‘rin olgan edi. XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini nafaqat U-23 erkaklar terma jamoasi, balki ayollar milliy terma jamoasi ham himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2023 yil Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan XIX Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust