O‘zbekiston Rossiya alkogolining asosiy xaridorlari qatoriga kirdi
Olam
−
11 fevral 2022 11558 1 daqiqa
O‘zbekiston Rossiyadan spirtli ichimliklarni import qiluvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi. Ushbu ma’lumotlar Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirish federal markazi (FGBU "Agroeksport") tomonidan taqdim etilgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda O‘zbekiston Rossiyada kuchli alkogolli ichimliklar xaridini 2,7 barobarga oshirib, 999 ming dollarga yetkazgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, asosiy importchilar ro‘yxatiga O‘zbekistondan tashqari, Latviya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ukraina va Qozog‘iston ham kiradi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiya tashqi bozorlarga umumiy qiymati 195 million dollarga teng 2,7 million dekalitrdan ortiq kuchli alkogolli ichimliklar (100 foizli alkogol bo‘yicha) yetkazib bergan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra O‘zbkiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 32,8 foizga o‘sib, 7,517 milliard dollarni tashkil qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025