O‘zbekiston pley-off uchun kurasha olishiga umid qilaman – Koloskov
Sport
−
16 iyun 3186 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta shov-shuvga sabab bo‘lmasligi mumkin, ammo 2026 yilgi Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish uchun kurasha oladi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqining faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Agar Kabo-Verde, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi jamoalar Jahon chempionatida ishtirok etayotgan bo‘lsa, nega O‘zbekiston yaxshi saviya namoyish etmasligi kerak? O‘zbekistonda yaxshi futbol maktabi bor, “Paxtakor” kabi klub mavjud, ko‘plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqqan va futbol an’analari shakllangan. Albatta, sensatsiya bo‘lishi qiyin, ammo O‘zbekiston terma jamoasi pley-off uchun kurasha olishiga umid qilaman”, deydi Koloskov.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi. 2026 yilgi mundialda o‘zbekistonliklar Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi joy olgan “K” guruhida ishtirok etadi. Terma jamoa musobaqadagi birinchi uchrashuvini joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohati sababli Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi