“O‘zavtoyo‘lbelgi” DUK rahbariyatiga jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

“O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning 3 nafar mansabdoriga jinoiy ish ochildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, joriy yilning yanvar oyida korxonaning 3 nafar mansabdori va boshqalar ustidan dastlabki sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Navbatdagi sud majlisi ertaga, 24 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zavtoyo‘lbelgi” direktori Vositxon Akramov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” va “v” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” va “b” bandi, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a” va “b” bandi 3-qismi bilan ayblanmoqda.

Shuningdek, direktor o‘rinbosari Shukrullo Asadov va marketing bo‘limi boshlig‘i Bahrom Saidov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi a” va “b” bandi, 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a” va “b” bandi 3-qismi bilan ayblanmoqda.

Bundan tashqari, ish doirasida:

  • Shorahmat Shoakbarovich Obidxo‘jayev – Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”,“v” bandlari;
  • Nurullo Abduvakilovich Abdurahmonov – Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”,“v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 3-qismi 2-qismi “b” bandi;
  • Shavkat Mannopjonovich Mamatxonov – Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”,“v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 3-qismi 2-qismi “b” bandi;
  • Sarvarjon Ma’murjon o‘g‘li Madaminov – Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”,“v” bandlari, 228-modda (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”,“b” bandlari 3-qismi;
  • Saida Tursunovna Mahmudova – Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”,“v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”,“b” bandlari (mansab soxtakorligi), 228-modda (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”,“b” bandlari 3-qismi; 
  • Muhayyo Sharifjonovna Yo‘ldosheva – Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”,“v” bandlari;
  • Sharofiddin Shavkatovich Isomuhammedov – Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”,“v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”,“b” bandlari (mansab soxtakorligi), 228-modda (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”,“b” bandlari 3-qismi bilan ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning fevral oyida avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zavtoyo‘lbelgi” davlat unitar korxonasi faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Xususan, korxona korxona yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 milliard 701 million so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoiy ish mansab soxtakorligi O'zavtoyo'lbelgi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing