Umarali Rahmonaliyev 425 mln so‘m bonus puli oladi
Sport
−
17:48 3121 1 daqiqa
Ozarbayjonning “Sabah” jamoasi futbolchilari Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga chiqqani uchun 60 ming manat (35 300 AQSH dollari) miqdorda bonus oladi. Bu haqda “Sport24.az” nashri xabar berdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, jamoaning tarixiy natijasiga hissa qo‘shgan har bir futbolchi, jumladan, klubning o‘zbekistonlik futbolchisi Umarali Rahmonaliyev ham 60 ming manat bonus oladi. Bu hozirgi kurs bo‘yicha hisoblasa, taxminan 425 mln so‘mga to‘g‘ri keladi.
Pley-off bosqichining ikkinchi uchrashuvida zaxirada qolgan futbolchilar esa asosiy bonusning 50 foizini, ya’ni 30 ming manat oladi.
Kecha, 25 avgust kuni “Sabah” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oldi. Isroilning “Xapoel Beer-Sheva” jamoasiga qarshi javob uchrashuvida Baku klubi qo‘shimcha vaqtda 5:2 hisobida g‘alaba qozonib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Sabah”ning Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga olib chiqqan hal qiluvchi o‘yinda Umarali Rahmonaliyev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi