“Ukrainadagi urushni hal qilamiz”. Tramp eski va’dasini takrorladi

Olam

image

Donald Tramp kecha, 20 yanvar kuni o‘z tarafdorlari bilan Nyu-Gempshirdagi uchrashuvi chog‘ida AQSH prezidentligiga qayta saylansa, inauguratsiyadan oldin Ukraina mojarosini hal qilishga va’da berdi.

“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu dahshatli urushni men lavozimga kirishgunimga qadar hal qilamiz”, degan u. 

Shuningdek, sobiq prezident Putinni ham, Zelenskiyni ham "qo‘lidagi barmoqlaridek yaxshi bilishi"ni aytib o‘tgan.

"Biz birgalikda barchasini hal qilamiz", degan Tramp o‘z va’dasini takrorlab.

 AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp CNN telekanalining Town Hall dasturida so‘zlagan nutqida Oq uyga qaytsa Ukrainadagi urushni 24 soat ichida to‘xtatishini ta’kidlagandi. 

O‘tgan yilning may oyida ham u CNN telekanalining Town Hall dasturida so‘zlagan nutqida Ukrainadagi urushni "24 soat ichida" tugatishga tayyorligini aytgan edi. 

“Mening (saylovdagi) g‘alabam ma’lum bo‘lishi bilanoq, ikki kishiga qo‘ng‘iroq qilaman: Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga. Biz 24 soat ichida kelishuvga erishamiz”, degandi Tramp ehtimoliy kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmasdan.


Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan Donald Tramp Nyu-Gempshirdagi tarafdorlari bilan uchrashuvi chog‘ida ayni damda hokimiyat tepasida "ahmoqlar" o‘tirganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made