Ukrainadagi masjid hujumga uchradi
Olam
−
01 may 3257 1 daqiqa
Joriy yilning 28 aprel kuni Ukrainaning Lvov shahrida noma’lum shaxs masjidga o‘t qo‘yishga urindi. Bu haqda shahar politsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Pivdenniy savdo markazi hududidagi masjidda yong‘in chiqqani haqida 102 maxsus liniyasiga xabar kelib tushgan.
Huquq-tartibot organlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxs masjid binosiga yonuvchi aralashma solingan ikki shisha uloqtirgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Shishalardan biridagi suyuqlik yonib ketgan, biroq masjid xodimlari olovni o‘chirishgan.
Qrim musulmonlari diniy boshqarmasi ushbu hodisani diniy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan, ataylab uyushtirilgan provokatsiya deb baholagan.
Hozirda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisa guvohlari va ko‘rgan-bilganlar aniqlanmoqda. Shuningdek, jinoyatchining shaxsini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari ushbu holat yuzasidan Ukraina Jinoyat kodeksining 194-moddasi 2-qismi (Mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Dastlabki tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyaning shimoli-sharqidagi Mayduguri shahrida joylashgan masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi