Ukraina Jahon bankidan 132 mln dollar oldi. Pul nimaga sarflanadi?
Olam
−
12 may 2023 5311 1 daqiqa
Ukraina Jahon bankidan 132 million dollar kredit oldi, bu mablag‘ qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Sergey Marchenko ma’lum qildi.
“2023 yil 11 may kuni Ukraina Jahon bankidan 132 million dollar miqdorida mablag‘ oldi. Kredit mablag‘lari Ukraina davlat byudjetining umumiy jamg‘armasiga “Qishloq xo‘jaligiga xususiy sarmoya kiritishni jadallashtirish” dasturi loyihasi doirasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijalari bo‘yicha olindi”, deydi Marchenko.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilgan mablag‘lar agrar sohadagi ustuvor xarajatlarni qoplash, oziq-ovqat sanoatidagi vaziyatni yaxshilash va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari Jahon banki orqali Ukrainaga 4,9 milliard dollar byudjet yordami ajratishini e’lon qilgandi. Ushbu maqsadlar uchun AQSH umumiy hisobda 18 milliard dollar o‘tkazishni ma’qullagan.
Shuningdek, NATO davlatlari Ukrainaga 1550 ta zirhli texnika, 230 ta tank va katta miqdordagi o‘q-dorilar yetkazib bergandi, bu barcha va’da qilingan yordamning 98 foizini tashkil etadi.
Live
Barchasi