Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

26 ta 1 taga qarshi. Yevropaliklar Ukraina bo‘yicha kelisha oldimi?

Olam

image

Kecha, 6 mart kuni bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha Yevropa Ittifoqining maxsus sammitidagi intriga deyarli oxirigacha saqlanib qoldi: blok Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashgan frontni taqdim etadimi?

Yevropa Ittifoqi rahbarlari konsensusga erishishga harakat qildi, YeI elchilari yig‘ilish boshlanishiga qadar bir necha hafta davomida umumiy bayonot matni ustida birga ishladi, ko‘plab diplomatlar ovoz berishga ijodiy yondashish va “konstruktiv tiyilish”ga umid bildirdi, biroq Viktor Orban vakili bo‘lgan Vengriya qat’iyligicha qoldi.

Yevropaning Ukrainaga yangi kontekstdagi yordami qanday bo‘ladi? north_east

Yevropaning Ukrainaga yangi kontekstdagi yordami qanday bo‘ladi?

Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina bo‘yicha pozitsiyasidan uzoqlashdi va bayonot 27 emas, 26 hukumat va davlat rahbari tomonidan qabul qilindi. Sammit xulosalari matniga Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha band qo‘shish orqali Slovakiya bilan murosa topildi.

Vengriyaning “maxsus yo‘li” yoki izolyatsiyasi?

Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshtaning tushuntirishicha, boshqa 26 davlatdan farqli o‘laroq, Vengriya Ukrainada tinchlikka erishish yo‘li harbiy yordamdan o‘tishiga ishonmaydi.

“Vengriya Ukrainadagi urushga nisbatan boshqacha strategik yondashuvga ega, biz buni hurmat qilamiz. Ammo Vengriya yolg‘iz qoldi. U izolyatsiya qilingan va bizning safimizda bo‘linishga olib kelmaydi”, dedi Koshta.

Bunga javoban Orban sammit yakunida Yevropa Ittifoqi yakkalanib qolganini, Vengriya esa AQSH, Xitoy va Rossiya bilan juda yaxshi munosabatlarga ega ekanini aytdi.

Yevropa Kengashi Ukraina Rossiyaning keng ko‘lamli tajovuzidan o‘zini o‘zi himoya qilish huquqidan foydalanayotganini ta’kidlaydi va xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasida mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi. Aftidan, bu formulalar Yevropa Ittifoqining bir hujjatidan ikkinchisiga o‘tadi. AQSH Prezidenti ma’muriyatining Kiyevning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarishi “real emas”, degan bayonotlari fonida Bryussel rahbarlari ularni juda muhim deb biladi. 

Ukrainada tinchlik o‘rnatish uchun Yevropa Ittifoqi shartlari

Yevropa Kengashi Ukrainada adolatli va mustahkam tinchlikka erishishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarni olqishlaydi, lekin faqat bir qator shartlar bilan: Ukrainasiz Ukraina bo‘yicha muzokaralar olib borilishi mumkin emas, xuddi Yevropasiz Yevropa xavfsizligi bo‘yicha muzokaralar bo‘lishi mumkin emasligi singari, shunindek, o‘t ochishni to‘xtatish faqat Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiladigan keng qamrovli tinchlik kelishuviga olib keladigan jarayonning bir qismi sifatida qabul qilinadi.

Sammitda ishtirok etgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Kengashi devorlarini tark etgandan keyingina sulh mavzusi haqida gapirdi.

Tramp YeIni “buzib”, uni o‘z yo‘rig‘ida qayta qurmoqchi – “Politico” north_east

Tramp YeIni “buzib”, uni o‘z yo‘rig‘ida qayta qurmoqchi – “Politico”

“Avvalo, osmonda tinchlik o‘rnatilishi va to‘liq nazorat qilinishi mumkin (raketa zarbalarini, uzoq masofali uchuvchisiz samolyotlar va energiya va boshqa fuqarolik infratuzilmasiga bombalarni to‘xtatish), dengizda tinchlik, ya’ni Qora dengizdagi barcha harbiy operatsiyalarni to‘xtatish, bu tinch va xavfsiz yuk tashishni kafolatlaydi”, deb yozdi Zelenskiy bir necha soatdan keyin ijtimoiy tarmoqda. 

Zelenskiy matbuot bilan aloqasini imkon qadar cheklab qo‘ydi

U sammitda ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilmadi. Jurnalistlar matbuot anjumanini yoki hech bo‘lmaganda uning rahbarlar bilan uchrashuvdan keyin matbuotga yaqinlashishini behuda kutgan: avvalgi shunga o‘xshash voqealardan farqli o‘laroq, bu sodir bo‘lmadi. Prezident Yevropa Kengashi a’zolari bilan qo‘shma tushlikdan so‘ng jo‘nab ketdi va NATO Bosh kotibi va Belgiya qiroli bilan uchrashdi.

Sammit boshlanishiga bir necha daqiqa qolganida Ukraina Prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan birga jurnalistlar bilan yuzma-yuz chiqdi. U savollarga javob bermadi, lekin bir necha minnatdorchilik so‘zlarini bildirdi.

“Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Biz yolg‘iz emasligimiz yaxshi. Biz buni bilamiz va his qilamiz”, deb bir necha bor takrorladi Zelenskiy. 

Biroq Ukraina Prezidentining Yevropa Kengashi bilan ishchi tushlikdagi muhokamasi deyarli ikki soat davom etdi. Muhokama Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ham o‘z ichiga oldi – bu yerda Yevropa Ittifoqi Zelenskiyning bir necha marotaba, jumladan, Donald Tramp bilan tarixiy uchrashuvida bildirgan fikriga to‘liq qo‘shiladi: bo‘lajak tinchlik shartnomasi Rossiyaning kelajakdagi tajovuzkorligini oldini olishga yordam beradigan ishonchli xavfsizlik kafolatlari bilan birga bo‘lishi kerak.

Xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q. Chunki YeI bu kafolatlar aynan nima bo‘lishini hali hal qilmagan. 

Oq uydagi “otishma”. Tramp va Zelenskiy yoqalashmadi, xolos! north_east

Oq uydagi “otishma”. Tramp va Zelenskiy yoqalashmadi, xolos!

“Xavfsizlikning eng yaxshi kafolati – ukrainaliklarning o‘zlari. Ular uch yildan ortiq qarshilik ko‘rsatmoqda”, dedi Koshta matbuot anjumanida.

Bu g‘oya sammit xulosalarida ham o‘z ifodasini topdi: 

“Kuch orqali tinchlik” Ukraina uchun mumkin bo‘lgan eng kuchli pozitsiyani talab qiladi, uning qudratli harbiy salohiyati urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar davomida ham, undan keyin ham eng muhim komponent hisoblanadi”.

Sammit hozirda ko‘pchilik o‘ylantirayotgan savolga javob bermadi – Yevropa Ittifoqi AQSHning Ukrainaga yordam berishdan bosh tortishi tufayli yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldira oladimi? Bundan tashqari, Vashington Kiyevga yordam berishdan bosh tortgani haqidagi bayonotga hatto Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari ham qo‘shilmaydi.

“Men Amerikaning aloqa va razvedka sohasidagi yordami davom etishiga aminman. Vashingtonda fikrning tez-tez o‘zgarib turishi, bu Amerikaning amaldagi ma’muriyatining ish uslubi bo‘lib tuyulishi meni bu (AQSH yordamini to‘xtatish) yakuniy qaror emas, deb o‘ylashga majbur qiladi”, dedi Polsha Bosh vaziri Donald Tusk.

U bu “fakt emas, balki muzokaralar taktikasi” ekaniga umid bildirdi.

Shu bilan birga, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda Yevropa davlatlari AQSH qoldirgan bo‘shliqni to‘ldirishi mumkin, deb hisoblaydi.

Tramp Ukrainaga harbiy yordamni butkul to‘xtatib qo‘ydi – OAV north_east

Tramp Ukrainaga harbiy yordamni butkul to‘xtatib qo‘ydi – OAV

“Albatta, biz moliyaviy resurslarni to‘plashimiz kerak. Iqtisodchi sifatida aytishim mumkinki, bu unchalik oson emas, lekin buni amalga oshirish mumkin va bu mas’uliyat bizda”, dedi u sammitdan oldin.


Qanday qilib Yevropa Ittifoqi Ukrainaga tezda yordam berishi mumkin

Shoshilinch harbiy ehtiyojlarni qondirish uchun Ukraina, odatdagidek, Vengriya tomonidan to‘sib qo‘yilgan bir necha milliard yevrolik yangi fond yaratishni taklif qildi. Shunga qaramay, Yevropa Kengashi tashabbusni ko‘mishdan bosh tortdi va uni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarib yubordi.

Endi Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Kaya Kallas 20 va 21 mart kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi favqulodda sammitda uning taklifini ma’qullashiga umid qilmoqda, bu safar aniq miqdorlar bilan.

“Mening tashabbusim ikki elementdan iborat: yo sizlar fondga Ukrainaga zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan kelasiz, yoki boshqa davlatlardan unga zarur qurol va o‘q-dorilarni sotib olish uchun mablag‘ olib kelasiz”, dedi u.

Agar sammit xulosalariga ishonadigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqi davlatlarining o‘zlari, masalan, havo hujumidan mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar va raketalar yetkazib berish, Ukraina brigadalarini tayyorlash va jihozlash orqali “Ukrainaning shoshilinch harbiy va mudofaa ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni zudlik bilan faollashtirishga” tayyor.

Yevropani qayta qurollantirish bo‘yicha yangi reja Ukrainaga qanday foyda keltiradi?

Uzoq muddatli istiqbolga kelsak, bu yerda fon der Leyenning yangi chora-tadbirlar paketi Kiyevga yordam berishga chaqiradi. Na Vengriya, na Slovakiya bunga hech qanday e’tiroz bildirmadi, chunki bu Yevropa Ittifoqini qayta qurollantirishga tegishli. Yevropani qayta qurollantirish rejasi Yevropa Kengashi tomonidan prinsipial jihatdan ma’qullanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqi davlatlari blok byudjetidan umumiy 150 milliard yevro miqdoridagi kreditlardan qurol sotib olishi, shu jumladan Ukraina uchun ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.

“Bugun qabul qilayotgan qarorlarimiz aniq dalolat beradi: biz va’dalarimizga vafo qilyapmiz, fuqarolarimiz xavfsizligi uchun mudofaa kuchimizni mustahkamlayapmiz. Shu bilan birga, biz Yevropa sanoati va texnologiyasining raqobatbardoshligini oshirmoqdamiz.  Yevropa mudofaasini kuchaytirishga qaratilgan harakatlarimiz Ukrainaga ham foyda keltiradi. Chunki Ukraina xavfsizligi Yevropa xavfsizligining asosidir”, dedi Koshta.

Uning eslatishicha, 2022 yildan buyon Yevropa Ittifoqi va uning davlatlari Ukrainaga 135 milliard yevrodan ortiq yordam ko‘rsatgan va hozirda ular o‘z yordamlarini oshirishga bel bog‘lagan. Yevropa Kengashi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, YeIga a’zo bir qancha davlatlar Yevrokomissiyaning yangi moliyaviy takliflari tufayli 15 milliard yevrogacha mablag‘ ajratish niyatida ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing