Kurs UZS

USD

12 943.39

-9.81

EUR

14 108.30

50.19

RUB

153.70

2.57

Tramp YeIni “buzib”, uni o‘z yo‘rig‘ida qayta qurmoqchi – “Politico”

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqini “buzib”, uni milliy hukumatlar Yevropa institutlariga nisbatan kattaroq rol o‘ynaydigan tarzda qayta qurmoqchi. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.

“Donald Tramp birinchi prezidentlik muddati davomida savdo urushi orqali Yevropa Ittifoqining zirhidan yoriq topishga harakat qildi, biroq muvaffaqiyatga erisha olmadi. Endi esa u yanada zaif nuqtani topdi – Ukrainaga AQSH yordamining to‘xtatilishi tufayli yuzaga kelgan xavfsizlik inqirozi, bu esa 27 davlatdan iborat blok ichida halokatli mojarolarni yuzaga chiqardi”, deyiladi maqolada.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Trampning inauguratsiyasiga faqatgina Italiya Bosh vaziri, o‘ng qanot “Italiya birodarlari” partiyasi yetakchisi Jorjiya Meloni va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban taklif etilgan. Tramp ma’muriyati vakillari Yevropa institutlari vakillari bilan muloqot qilishga unchalik xohish bildirmayapti. Xususan, AQSH davlat kotibi Marko Rubio va Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasidagi uchrashuv Kallas Vashingtonga borib bo‘lganidan keyin bekor qilingan.

“Signal aniq. Tramp Yevropa Ittifoqini chetga surib, milliy yetakchilar bilan “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyili asosida siyosat olib borishni xohlamoqda. Bu birinchi prezidentlik davridagi savdo urushi paytida imkonsiz edi, chunki Yevropa unga qarshi jipslashgan edi. Hozir esa Ukrainadagi urushga bo‘lgan turlicha yondashuv blokning birligi borasida hayot-mamot savollarini kun tartibiga chiqarmoqda”, deb yozadi nashr.

Shu fonda Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilari Emmanuel Makron va Kir Starmer Yevropa davlatlarining Trampning Ukrainaga nisbatan siyosatiga javob berish uchun umumiy yondashuv topishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Tramp Ukraina atrofida yaratgan “kuchli bo‘ron”ga javob berish uchun “juda bo‘lingan va yetarli darajada chaqqon emasdek” ko‘rinmoqda.

Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqida Tramp bosimiga bardosh berish mumkinligiga ishonch bor. Nashrga ko‘ra, yevropalik diplomat Ittifoq har doim “zo‘rg‘a suzib yuradigan kemaga o‘xshashini”, lekin har bir inqirozdan yanada kuchliroq chiqishini tan olgan. Ekspertlar fikricha, Tramp bilan to‘qnashuvda Yevropa siyosatining og‘irlik markazi milliy hukumatlar tomonga siljishi mumkin. Shunga qaramay, AQSH ba’zi Yevropa institutlari, xususan, keng vakolatlarga ega bo‘lgan va yirik moliyaviy resurslarga ega Yevrokomissiya bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Nashr taxminiga ko‘ra, AQSH Yevrokomissiya bilan hamkorlikni davom ettiradi, chunki u Ittifoqning savdo siyosatida yetakchi rol o‘ynaydi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuel Makron, Kir Starmer va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy tez orada AQSHga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing