UEFA FIFA’ga raqobatchi xalqaro turnir tashkil etmoqchi

Sport

image

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) FIFA homiyligida o‘tkaziladigan musobaqalarga raqobat qiladigan yangi xalqaro futbol turnirlarini tashkil etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, UEFA, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) hamda Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib dengizi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) FIFA musobaqalariga muqobil bo‘ladigan xalqaro turnirlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.

Uchala tashkilot ham futbolchilarga FIFA tomonidan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazo va cheklovlardan xoli tarzda yangi musobaqalarda ishtirok etish imkonini berishni istamoqda.

Avvalroq, UEFA, OFK va KONKAKAF FIFA prezidenti Janni Infantinoni ishonchni suiiste’mol qilishda ayblab, qo‘shma bayonot bergan edi.

“Biror kishi o‘zini jamoadan ustun qo‘ysa, uning rahbariyatiga bo‘lgan ishonch yo‘qoladi”, deyiladi bayonotda.

Tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Infantinoning Jahon chempionatini o‘tkazish huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotishga urinishini ham tanqid qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA, OFK va KONKAKAF FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish taklifidan so‘ng tashkilot faoliyatini mustaqil tekshirishga chaqirib, futbol jamoatchiliga murojaat yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing