Uchinchi jahon urushi allaqachon boshlangan – Maduro 

Olam

image
Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi 3-jahon urushiga olib keladi – Orban north_east

Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi 3-jahon urushiga olib keladi – Orban

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Moros Uchinchi jahon urushi allaqachon boshlanganiga ishonishini aytdi. Bu haqda u “Russia Today” telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

“Ikki yil avval Rim papasi Fransisk dunyo uchinchi jahon urushi tomon ketayotganini aytgan edi. Men u allaqachon boshlanganiga ishonaman”, degan siyosatchi.

Shu bilan birga, Maduro AQSHni global mojarolarning asosiy sababchisi deb hisoblaydi. Prezidentga ko‘ra, Vashingtonning dunyoda siyosiy, iqtisodiy va harbiy gegemonligini o‘rnatish bo‘yicha strategik rejasi bor.

AQSH Urush vaziri Pit Hegset agar Amerika yetakchisi qaror qabul qilsa, AQSH qo‘shinlari Venesueladagi rejim o‘zgarishiga tayyor bo‘lishini aytgan edi. Prezident  Donald Trampning o‘zi esa bunday rejalarni rad etgan bo‘lsada, Maduroni “tarixdagi eng yomon prezident” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda AQSH Bosh prokurori Pem Bondi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQSH Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 50 mln dollar mukofot va’da qilishini e’lon qilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Venesuela Nikolas Maduro Uchinchi jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing