Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi 3-jahon urushiga olib keladi – Orban

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Rossiya bilan qurolli to‘qnashuvga va ertasi kuni Uchinchi jahon urushiga olib kelishini aytdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Ukraina NATOda? Bu Rossiya bilan urush degani va ertasi kuni Uchinchi jahon urushi boshlanadi”, deb yozdi siyosatchi.

Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish ehtimoliga to‘xtalar ekan, Orban bunday rivojlanish “front chizig‘ini Yevropaning yuragiga olib kelishini” ta’kidlagan.

“Bu diplomatiya emas, bu – tentaklik. Porox to‘la bochkaga gugurt tashlab bo‘lmaydi. Biz ularga Yevropani jang maydoniga aylantirishga yo‘l qo‘ymaymiz”, deydi Vengriya Bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Orban avvalroq NATO va Yevropa Ittifoqining Ukrainani bu tashkilotlarga qabul qilish borasidagi pozitsiyasida katta burilish yuz berganini aytgan, bu boradagi qarashlarini endi hatto Polsha ham o‘zgartirganini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Viktor Orban Uchinchi jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing