Turkiyalik taniqli mutaxassis ishdan olindi
Sport
−
22 yanvar 2025 3845 1 daqiqa
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Nuri Shaxin lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda “Sky Sport Germany” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turkiyalik mutaxassis ishdan 21 yanvar kuni Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 7-turi doirasidagi “Bolonya”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng bo‘shatilgan. Shaxin qo‘l ostida Dortmundning “Borussiya” klubi qatorasiga 4 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Hozirga kelib, jamoa 25 ochko to‘plagan holda Bundesliga turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. Shaxin o‘tgan yozda Dortmundning “Borussiya” klubini qabul qilib ogandi. Bungacha Nuri jamoaning oldingi ustozi Edin Terjichga yordam bergan.
Ma’lumot uchun, murabbiylik faoliyati davomida Borussiyadan tashqari Turkiyaning Antalyaspor jamoasini boshqargan. Futbolchilik faoliyatining eng yorqin paytlarini ham Shaxin aynan “Borussiya” klubida o‘tkazgan.
Live
Barchasi