Kurs UZS

USD

12 964.43

-30.16

EUR

14 744.45

-17.4

RUB

158.28

0.6

Bugun YeCHLning ikki favoriti Birmingem va Dortmund jamoalarini mehmon qiladi

Sport

image

Bugun Yevropa Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlari davom ettiriladi. Unda “Barselona” o‘z uyida Dortmundning “Borussiya”sini va PSJ o‘z uyida “Aston Villa”ni qabul qiladi.

“Barselona” “Borussiya”ni imtihondan o‘tkazadi

Joriy mavsum avvalida “Barselona”ni qabul qilib olgan Xansi Flik jamoani butkul o‘zgartirib yubordi. Klubni hujumkor jamoaga aylantira oldi. Kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi “Real Madrid”ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. Oxirgi o‘yinda o‘z uyida “Betis” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa-da, “Barselona” chempionlik uchun imkoniyatni saqlab qoldi. Endi navbat Chempionlar ligasiga. Jamoa ushbu turnirda ham mazmunli o‘yin namoyish etmoqda va g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bugungi raqib “Borussiya” esa Bundesligada 41 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onani qayd etmoqda. Ko‘rinib turibdiki, dortmundliklar ham bor e’tiborini Chempionlar ligasiga qaratgan. Demak bu bahs ham muxlislarni zeriktirib qo‘ymasligi aniq. Zero, ilk o‘yin bo‘lishiga qaramasdan. Ushbu o‘yin 10 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Fransiya chempioni bo‘lgan PSJning endigi maqsadi Yevropa

Parijliklar o‘tgan hafta yakunida muddatidan avval mamlakat chempionligini nishonladi. Endi Luis Enrike qo‘l ostidagi jamoaning bor e’tibori Yevropa Chempionlar ligasiga qaratilgan. Klub bugun o‘z uyida Birmingemning “Aston Villa”sini qabul qiladi. Parijliklar safida o‘z o‘rnini topa olmagan Marko Asensio ayni damga kelib, aynan “Aston Villa” sharafini himoya qilmoqda va klub safida bir nechta gollarda ishtirok etmoqda. Bugun Asensio ham sobiq klubiga o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotlashga harakat qiladi.

Darvoqe, “Aston Villa” APLda 51 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinni band etib kelmoqda. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqqanicha yo‘q, ammo juda qiyin bo‘ladi. Shu sabab, Unai Emeri boshchiligidagi klub Yevropa Chempionlar ligasida ijobiy natija qayd etishga urinib ko‘radi. Bu bahs ham muxlislarni zeriktirib qo‘ymasligi aniq. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 10 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

Ma’lumot o‘rnida, ikkala juftliklarning javob bahslari 16 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ Evropa Chempionlar ligasi Borussiya Aston Villa chorak final

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing