Turkiyada qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi

Jamiyat

image

Turkiyaning Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, konsulxona diplomatlari Turkiyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish choralari doirasida joriy yilning 16 oktyabr kuni Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurgan.

Tashrif davomida hibsda saqlanayotgan bir qator O‘zbekiston fuqarolari bilan konsullik uchrashuvlari o‘tkazilib, ularga zarur huquqiy maslahatlar berilgan hamda keyinchalik sud jarayonlarida ularni himoya qilayotgan advokatlar bilan ham alohida huquqiy maslahatlashuvlar amalga oshirilgan.

Shuningdek, konsulxona giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib, 2024 yildan buyon viloyatdagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi joriy yilning 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisi qaroriga asosan sud zalidan ozodlikka chiqarilgani haqida ham ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahri Pendik tumanida o‘zbekistonlik sevgilisi Vasilaxon Usmonovani pichoqlab o‘ldirgan Rustam Otamirzayev qasddan odam o‘ldirish ayblovi bilan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Sakar'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing