Turkiyada fohishalik ortidan oyiga 37 ming dollar topgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida 21 nafar ayolni fohishalikka undab kelgan va buning ortidan oyiga 1 million turk lirasi (37 ming AQSH dollari) miqdorida daromad topgan o‘zbekistonlik 4 ayol qo‘lga olindi. Bu haqda huquq-tartibot organlariga tayanib mahalliy matbuot xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Chanoqqal’ada 21 nafar Turkmaniston va Qirg‘izistondan bo‘lgan ayollarni fohishalikka jalb qilgan jinoiy guruhga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 4 nafar gumondor qo‘lga olingan. 

6 oylik texnik va jismoniy kuzatuvdan so‘ng Chanoqqal’a viloyat politsiya boshqarmasi Jamoat xavfsizligi bo‘limi xodimlari joriy yilning 13 iyul kuni aniqlangan manzillarda operatsiya o‘tkazgan. Operatsiyada O‘zbekiston fuqarolari G.B., D.M., O.B. va E.D.U. ushlangan. Gumondorlarning oylik daromadi 1 million lira ekanligi aniqlangan. Himoyaga olingan gumondorlar sud binosiga olib borilgan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi G.B. “Go‘zal” taxallusi bilan faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik jinoyat Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing