Turkiyada 212 nafar futbol amaldori noqonuniy pul tikkani uchun qo‘lga olindi
Sport
−
08 yanvar 1361 1 daqiqa
Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) so‘nggi besh yil davomida futbol o‘yinlariga noqonuniy tarzda pul tikib kelgan 212 nafar professional klub amaldorini aniqladi. Bu haqda “TRT Haber” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, TFF intizomiy kengashi 108 nafar murabbiy va 104 nafar klub menejerini futbol o‘yinlariga noqonuniy pul tikish faoliyatini aniqlagan.
Avvalroq, 2025 yil noyabr oyida, TFF futbol uchrashuvlariga pul tikkani sababli 149 nafar hakamni turli muddatlarga chetlatgandi. Intizomiy kengash qaroriga ko‘ra, hakamlar 8 oydan 12 oygacha diskvalifikatsiya qilingan.
O‘sha paytda TFF prezidenti Ibrohim Hojiusmon o‘g‘li hukumat ma’lumotlariga tayangan holda olib borilgan tergov natijalari mamlakat professional ligalarida faoliyat yuritayotgan 571 nafar hakamdan 371 nafari bukmekerlik akkauntlariga ega ekanini, shulardan 152 nafari muntazam ravishda pul tikib kelganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, noqonuniy pul tikish bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida mingdan ortiq futbolchi TFF intizomiy kengashi oldida javob berishi mumkin.
Shuningdek, Istanbul bosh prokurori Akin Gyurlek mahalliy hokimiyat tomonidan Interpol va UEFA bilan hamkorlikda olib borilayotgan tergov doirasida bir qator turk futbol klublari rahbariyatini hibsga olish ehtimoli borligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbul prokuraturasi ushbu faoliyat bilan bog‘liq tergov doirasida 29 kishini, jumladan 14 nafar futbolchini hibsga olish uchun order bergan edi.
Live
Barchasi