Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga kirishini yana paysalga solyapti

Olam

image

Turkiya parlamenti hozircha Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni muhokama qilish va ovoz berishning aniq jadvalini ishlab chiqmagan. Bu haqda TASS agentligi protokolni baholashda ishtirok etuvchi qonun chiqaruvchi organdagi manbaga tayanib, ma’lum qildi. 

“Prezident tomonidan imzolangan bayonnoma tegishli komissiyalarga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. Hujjat kelib tushdi, bizda mavjud. Lekin hozircha u ko‘rib chiqilishini kutmoqda. Muhokama va ovoz berish uchun Bosh Assambleya [parlament]ga qachon borishi haqida hozircha hech qanday dastur yoki sana yo‘q”, deydi agentlik suhbatdoshi. 

Uning aniqlik kiritishicha, bayonnoma baholash va tasdiqlash uchun ikki komissiya – milliy mudofaa va xalqaro ishlar bo‘yicha komissiyaga taqdim etilgan. Asosiy ish bilan xalqaro ishlar komissiyasi shug‘ullanadi. Parlament kun tartibida yaqin vaqt ichida byudjetni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni imzoladi va 23 oktyabr kuni parlamentga taqdim etdi. Turkiya hukumati Shvetsiya arizasini oktyabr oyida parlamentning kuzgi sessiyasi boshlanishi bilan ko‘rib chiqish imkoniyatini avvalroq e’lon qilgan edi. 

Protokol hozircha alyansning 31 davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan, faqat Turkiya va Vengriya uni tasdiqlamagan. NATO, Turkiya va Shvetsiya o‘rtasida iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti oldidan ushbu hujjatni Anqara tomonidan muddatidan oldin ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi, biroq Turkiya tomoni arizani ma’qullash uchun bir qator shartlarni, jumladan, terrorizmga qarshi kurashish va Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy hamda vizaviy integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha hamkorlikni ilgari surdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Shvetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing