Turkiya Mubashshir Ahmadni O‘zbekistonga topshirdimi?
3-sahifa
−
12 may 18839 2 daqiqa
Avvalroq, diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) Istanbulning Bohchashehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgani haqida xabar berilgan edi. U Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingani aytilmoqda. Bu haqda “Azon Global” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uni 9 may kuniyoq shoshilinch tarzda deportatsiya qilishmoqchi bo‘lishgan, lekin jamoatchilik aralashuvi tufayli Edirne shahriga jo‘natilgan.
“Edirnedagi Migratsiya idorasida razvedka nazorati ostida saqlangan, keyinchalik yana Istanbulga qaytarilgan. Bu orada u yuridik tizimdan chetlab o‘tilgan va noqonuniy tarzda O‘zbekistonga topshirilgan”, deyiladi turkiyalik advokat Ibrohim Erginning bayonotida.
Advokatga ko‘ra, xavfsiz joy istab, boshpana so‘rab kelgan insonni mamlakatiga qaytarib berib yuborish ham qonuniy, ham diniy jihatdan joiz emas.
QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi bilan bog‘landi, ammo rasmiylar bu mavzuda ma’lumot yo‘qligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mubashshir Ahmadga nisbatan qidiruv e’lon qilingandi. Avval boshida Alisher Ahmadovich Tursunov Jinoyat kodeksining 2442- (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha qidiruvga berilgani haqida ma’lum qilingandi, ammo keyin shaxsga qidiruv e’lon qilinganligi haqidagi axborot Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar bosh markaziga kiritish jarayonida Jinoyat kodeksining 2442--moddasi sifatida yozilgan bo‘lib, texnik xatoga yo‘l qo‘yilgani aniqlangandi. Aslida esa unga nisbatan Jinoyat kodeksining 2443-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr