Kurs UZS

USD

12 927.17

36.74

EUR

14 717.58

-3.29

RUB

155.73

-0.31

To‘xtamurodov va Fergyuson ishtirok etadigan turnir bekor qilindi

Sport

image

Global Fight League (GFL) promousheni o‘zining dastlabki may oyiga rejalashtirilgan turnirlarini bekor qildi. Bu haqda “MMA Junkie” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, liga rasmiy debyutini 24 va 25 may kunlari Los-Anjelesda o‘tkazishi kerak edi. Ikki kun davom etadigan musobaqa 30 ta jangni o‘z ichiga olishi kerak edi. Kaliforniya Atletika Komissiyasi ijrochi direktori Endi Foster musobaqalar bekor qilinganini tasdiqladi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishiga ko‘ra, liga rahbariyatida musobaqalarni tashkil etish uchun yetarlicha mablag‘ yo‘q.

Qayd etish joiz, 24 may kungi musobaqa doirasida o‘zbekistonlik jangchi Humoyun To‘xtamurodov oktagonga chiqishi kerak edi. Ikkinchi turnirning markaziy jangi esa UFC sobiq jangchisi Toni Fergyuson va Dillon Denis o‘rtasida kechishi kerak edi. Hozircha GFL o‘z sahifalarida bu haqda rasman ma’lum qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toni Fergyuson Humoyun To'xtamurodov Global Fight League Dillon Denis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing