Humoyun To‘xtamurodov raqibini bir daqiqada qulatdi (video)
Sport
−
10 may 18443 1 daqiqa
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov “Nomad” ligasida rossiyalik Dmitriy Yakovlev bilan jang qilib, raqibini 1-raundning 1-daqiqasidayoq nokautga uchratdi.
Liga qoidalariga ko‘ra, faqat “stoyka”da kechgan to‘qnashuvda To‘xtamurodov ilk soniyalardanoq tashabbusni o‘z tomoniga olib, raqibini nazoratda ushlab turdi va 1-raundning ilk daqiqasi yakunlayotgan bir pallada o‘ng qo‘li bilan raqibining chap tomoniga kuchli va aniq zarba berib, Yakovlevni oktagonga qulatdi.
Shunday qilib, 26 yoshli To‘xtamurodov MMA'dagi 13-g‘alabasiga erishdi, Dmitriy Yakovlev esa 10 marta mag‘lubiyatga uchradi.
Qayd etish joiz, biroz vaqt oldin To‘xtamurodov Amerikaning GFL tashkiloti bilan hamkorlini yo‘lga qo‘ygani ma’lum bo‘lgandi, ammo mazkur liganing dastlabkii turniri bekor bo‘ldi. To‘xtamurodov esa keyingi jangini Qozog‘istonning “Naiza” ligasida o‘tkazishi kutilmoqda.
Live
Barchasi