To‘qayev Xavfsizlik kengashi apparatini alohida davlat organiga aylantirdi

Olam

image

Bugun, 29 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xavfsizlik kengashi apparatining maqomini o‘zgartiruvchi farmonni imzoladi. Endilikda u bevosita davlat rahbariga bo‘ysunadigan va unga hisobdor bo‘lgan alohida davlat organi sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda Oqo‘rdaga tayanib, “Liter.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujjat “Qozog‘iston Respublikasi davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” deb nomlangan.

Gap Xavfsizlik kengashining o‘zini tashkil etish haqida ketayotgani yo‘q – bu organ Qozog‘istonda 1991 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Farmon Xavfsizlik kengashining tashkiliy va tahliliy faoliyatini ta’minlovchi uning apparatiga taalluqli.

Mohiyatan apparat davlat boshqaruvi tizimida alohida maqomga ega bo‘ladi va bevosita prezident nazorati ostiga o‘tadi.

Bunga qadar u milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha materiallar va takliflar tayyorlash, ichki va tashqi tahdidlarni tahlil qilish, shuningdek, Xavfsizlik kengashi qarorlari ijrosini nazorat qilish bilan shug‘ullanib kelayotgan edi.

Yangi davlat organi xodimlarining soni, tuzilmasi va vakolatlarning ehtimoliy qayta taqsimlanishi hozircha ochiqlanmagan. Farmon imzolanishi bilan bog‘liq kadrlar qarorlari haqida ham xabar berilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing