To‘qayev G‘azodagi tinchlik kelishuvini olqishladi
Olam
−
09 Oktabr 2025 1428 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Isroil va HAMAS o‘rtasida tinchlik rejasining birinchi bosqichi imzolanganiga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Ruslan Jeldibay o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Prezident matbuot kotibining yozishicha, davlat rahbari Misrda bo‘lib o‘tgan bilvosita muzokaralar chog‘ida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod etish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan.
“Davlat rahbari Misr, Qatar va Turkiyaning vositachilik faoliyati samarali bo‘lganini, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp boshchiligidagi AQSHning Yaqin Sharqda barqaror tinchlikka erishish bo‘yicha muzokara jarayoniga qo‘shgan alohida hissasini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Isroil va HAMAS tinchlik rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvni imzolaganini e’lon qilgandi. Kelishuvga ko‘ra, HAMAS barcha garovdagilarni ozod qiladi, Isroil esa o‘z qo‘shinlarini kelishilgan chiziqqa qaytaradi.
Shundan so‘ng, Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu telefon orqali suhbat o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, Tramp shu haftaning oxirida Misr va G‘azo sektorini ham o‘z ichiga olgan Yaqin Sharqqa tashrif buyurmoqchi ekanini bildirgan.
Live
Barchasi