To‘qayev BAA Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 30 sentyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Birlashgan Arab Amirliklarining Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Muhammad ibn Muborak Fadel al-Mazruiyni qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakatning xavfsizlikni ta’minlash va harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan. Qozog‘iston rahbari BAAning mudofaa sanoatidagi yutuqlarini e’tirof etgan, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalar borasida tajriba almashish imkoniyatlariga e’tibor qaratgan.

“Prezident, shuningdek, Ostona va Abu-Dabi o‘rtasidagi munosabatlarning barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi va ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, vazir To‘qayevga BAA Prezidenti Muhammad ibn Zayd al-Nahyon hamda BAA Bosh vaziri Muhammad ibn Roshid al-Maktumning salomlarini yetkazgan. U, shuningdek, ushbu tashrif harbiy sohadagi o‘zaro hamkorlikka yangi turtki berishiga ishonch bildirgan.

Bundan tashqari, Qosim-Jomart To‘qayev Muhammad ibn Muborak Fadel al-Mazruiyni Qozog‘iston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun II darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Muhammad ibn Muborak Fadel al-Mazruiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing