Trampning o‘limi haqidagi mish-mishlar rad etildi
Olam
−
31 avgust 7176 2 daqiqa
Oq uy rahbari Donald Trampning ahvoli yaxshi, u tirik. Bu haqda ismini oshkor etmagan AQSH rasmiysi “Axios” nashri jurnalisti Barak Ravidga davlat rahbarining ehtimoliy o‘limi haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlar fonida aytdi.
Jurnalistning X ijtimoiy tarmog‘idaa yozishicha, Trampning sog‘ligi joyida va u ertalab golf o‘ynagan.
U, shuningdek, Oq uy matbuot uyida Tramp korteji jo‘nashdan oldin oq polo ko‘ylak va qizil Make America Great Again qalpoq kiygan holda tasvirlangani haqidagi xabarlarning skrinshotlarini joylashtirdi. Haqiqiy fotosurat ko‘rsatilmadi.
Vitse-prezident Jeyms Devid Vens 29 avgust kuni Trampga biror narsa bo‘lsa, AQSH Prezidenti bo‘lishga tayyorligini aytganidan keyin “Trampning o‘limi” haqidagi taxminlar paydo bo‘la boshladi. Shu bilan birga, Vens Tramp yaxshi ekaniga va butun prezidentlik muddatini bajarishiga ishonch bildirgandi.
“Agar, Xudo ko‘rsatmasin, dahshatli fojia yuz bersa, men so‘nggi 200 kun ichida olganimdan yaxshiroq mashg‘ulotni tasavvur qila olmayman”, degan edi Vens.
Yaqinda Tramp sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgandi. Iyul oyida Oq uy uning oyoqlari shishishiga olib keladigan surunkali venoz yetishmovchilik, deb nomlanuvchi qon-tomir kasalligi borligini tasdiqladi. Vaziyat tomirlardagi bosimning oshishiga olib keladi va shish paydo bo‘lishiga, shuningdek, oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin, ammo bu hayot uchun xavfli emas deb baholangan. Trampning ahvoli rasmiy kanallar orqali e’lon qilinishidan avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlarda uning oyoqlari shishib ketgani ko‘rinib, sog‘lig‘i haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.
30 avgust kuni esa #Trumpisdead (Tramp o‘ldi) xeshtegi ijtimoiy media platformalarida, xususan, Xʼda trendga aylana boshladi va bu AQSH Prezidenti Donald Trampning sog‘lig‘i bilan bog‘liq mish-mishlarga sabab bo‘ldi.
Live
Barchasi