Tramp Erdo‘g‘andan Ukraina muzokaralariga vositachilik qilishni so‘radi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga murojaat qilib, Ukrainadagi mojaroda vositachilik qilishni so‘radi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Erdo‘g‘an AQSHdan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishda yordam berishni so‘ragan.

Rasmiy ravishda Turkiya Prezidenti ma’muriyati Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Donald Tramp Ukraina mojarosini hal qilishda birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qilgan. Erdo‘g‘an muzokaralarning o‘zini samarali deb atagan.

“Hurriyet” nashrining yozishicha, Donald Tramp Erdo‘g‘anning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham muloqot olib borish qobiliyatini qayd etgan. Shu munosabat bilan Tramp turkiyalik mavqedoshiga vositachilik qilishni taklif qilgan. Ammo Turkiya rahbarining bu iltimosga javobi ma’lum qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Turkiya rahbarining Ukraina va Rossiya yetakchilari bilan munosabati Tramp o‘ylaganidek juda samimiy va do‘stona. Masalan, joriy yilning 18 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan edi. Qolaversa, ikki tomonni ham hurmat qilgan Erdo‘g‘an  28 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Ikki suhbatda ham asosiy mavzu sifatida Ukrainadagi vaziyat muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an amerikalik mavqedoshi Donald Tramp bilan muloqot qilgan edi. Suhbat chog‘ida Tramp va Erdo‘g‘an bilan Ukraina masalasini muhokama qilgan va Turkiya yetakchisi AQSHning mojaroni tugatish yondashuvini qo‘llab-quvvatlagan. Qolaversa, Erdo‘g‘an Trampni Turkiyaga, Tramp esa uni Vashingtonga taklif qilgan. Suhbat chog‘ida AQSH va Eronning muzokaralar jarayonini yuqori baholagan. Ikki o‘rtadagi muloqotda Suriya va G‘azo masalalari ham ayro bo‘lib qolgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing