Tramp va Zelenskiy NATO sammitida yuzma-yuz keldi
Olam
−
25 iyun 6234 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan NATO sammitida uchrashdi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv manfaatli bo‘lgan hamda muhim sohalarni qamrab olgan.
“Prezident Tramp bilan uzoq va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Biz haqiqatan ham muhim bo‘lgan barcha masalalarni muhokama qildik. Janob Prezidentga va Amerika Qo‘shma Shtatlariga minnatdorchilik bildiraman. Otashkesim va haqiqiy tinchlikka qanday erishish mumkinligi haqida gaplashdik. Odamlarimizni qanday himoya qilish haqida fikr almashdik. Tinchlikka erishish yo‘lida ko‘rsatilayotgan e’tibor va yordamga minnatdormiz. Tafsilotlar – keyinroq”, deya yozgan Ukraina rahbari.
OAVga ko‘ra, Gaagadagi NATO sammiti doirasida o‘tkazilgan Tramp va Zelenskiyning uchrashuvi 50 daqiqa davom etgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin joriy yilning 26 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH rahbari Donald Tramp Rim papasi Fransiskning dafn marosimidan oldidan qisqa uchrashuv o‘tkazgandi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan qisqa bo‘lsa-da, manfaatli uchrashuv o‘tkazgan.
Live
Barchasi