Tramp Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha “juda jiddiy” muzokara o‘tkazayotganini aytdi
Olam
−
01 fevral 2025 6927 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashington Rossiya bilan Ukraina mojarosini tugatish bo‘yicha “juda jiddiy” muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 31 yanvar kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.
“Biz gaplashamiz va ehtimol juda muhim bir narsani amalga oshiramiz. Biz bu urushni tugatishni istaymiz. Agar men (o‘sha paytda) prezident bo‘lganimda, bu urush hech qachon boshlanmagan bo‘lar edi”, dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH mojaroni tugatish bo‘yicha “juda jiddiy” muhokamalar olib bormoqda. Shuningdek, jurnalistlar undan bu muhokamalar Rossiya bilan bo‘layotganmi deb so‘raganda, “ha, Rossiya bilan”, deya javob bergan Tramp.
Oldinroq, 30 yanvar kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Donald Tramp hali suhbatlashmaganini aytgandi. Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov kecha, 31 yanvar kuni muzokaralar borasida hech qanday siljish yo‘qligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni mamlakatga qonuniy rahbar deb hisoblamasligini aytib, u bilan muzokara o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Shu bilan birga, Zelenskiy bilan tinchlik shartnomasini imzolash imkoniyatini rad etgandi.
Live
Barchasi