Tramp Putinga sim qoqdi
Olam
−
29 dekabr 3174 1 daqiqa
Bugun, 29 dekabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida navbatdagi telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Prezident Tramp Ukraina masalasi bo‘yicha Prezident Putin bilan ijobiy suhbatni yakunladi”, deb yozdi Levitt.
Qayd etish joiz, Putin va Tramp o‘rtasidagi ushbu telefon suhbati 2025 yil boshidan buyon o‘ninchisi bo‘ldi. Oxirgi marta yetakchilar bir kun avval muloqot qilgan. O‘shanda ular Trampning Mar-a-Lagoda Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi yakunlaridan so‘ng yana qo‘ng‘iroq qilishga kelishib olgan. Bungacha esa rahbarlar 12 fevral, 18 mart, 19 may, 4 iyun, 14 iyun, 3 iyul, 19 avgust va 16 oktyabr kunlari telefon orqali muloqot qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev va Vashington o‘rtasida Floridada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda u taklif qilgan 20 banddan iborat tinchlik rejasining 90 foizi kelishib olinganini aytgandi.
Live
Barchasi