“Tarixiy uçraşuv”: Tramp, Putin va Si Szinpin misli körilmagan uçraşuv ötkazmoqçi
Olam
−
09:09 318 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin kelasi hafta Xitoyning Şençjen şahrida uç tomonlama uçraşuv ötkazadi. Bu dunyoning eng yirik yadroviy davlatlari rahbarlarining tarixdagi ilk qöşma uçraşuvi böladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Uçraşuv 18-19-noyabr kunlari bölib ötadigan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti doirasida taşkil etiladi. Oq uy uç davlat rahbarlarining uçraşuvini keça, 13 noyabr kuni tasdiqlagan.
Muzokaralarda asosiy e’tibor yadroviy qurollarni nazorat qiliş va uç davlatning yadroviy arsenaliga oid ehtimoliy kelişuvlarga qaratiladi. Tramp, şuningdek, Xitoy va Rossiya rahbarlari bilan Eron bilan boğliq uruşni muhokama qilmoqçi. AQŞ rasmiylaridan birining ma’lum qilişiça, Ukraina masalasi esa uçraşuv kun tartibiga kiritilmaydi.
AQŞ rasmiylarining aytişiça, uç tomonlama uçraşuv yadroviy qurolsizlaniş böyiça kelgusida samarali muzokaralar boşlaş uçun imkoniyat yaratişi mumkin. Biroq uçraşuv yakunida biror kelişuv e’lon qilinişi kutilmayapti. Tahlilçilar ham undan katta natijalar kutmayapti va uçraşuv köproq ramziy ahamiyatga ega bölişi mumkinligini bildirgan.
Pentagon baholariga köra, Xitoyda 600 dan ortiq yadroviy kallak mavjud. AQŞ va Rossiyaning har birida esa 5 mingdan ortiq yadroviy kallak bor. Xitoy öz arsenalining bu ikki davlatnikidan ança kiçikligi sababli yadroviy kelişuv tuzişga hozirça katta qiziqiş bildirmagan.
Uç tomonlama uçraşuv Xitoy uçun xalqaro maydondagi ta’siri va nufuzini namoyiş etiş imkoniyati sifatida baholanmoqda. Kreml uçun esa bu Rossiyani AQŞ va Xitoy bilan teng darajadagi jahon qudrati sifatida körsatiş imkonini beradi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uçraşuv Kiyev iştirokisiz Ukraina böyiça ehtimoliy kelişuvlar muhokama qilinadigan maydonga aylanişidan xavotir bildirgan.
Kreml xabariga köra, tomonlar uç tomonlama uçraşuvning ehtimoliy kun tartibi böyiça takliflar almaşmoqda. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bu uçraşuv dunyo e’tiborini tortişini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakçisi Si Szinpin bilan uç tomonlama uçraşuvda iştirok etişga tayyorligini bildirgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr