Tramp Obama, Bayden va Bush bilan Oq uyda futbol tomosha qilmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatning sobiq prezidentlari Barak Obama, Jo Bayden va Jorj Bushni Oq uyga taklif qilmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda u AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning rafiqasi Usha Vens olib boradigan “Storytime with the Second Lady” podkastida gapirdi.

Podkast davomida Tramp Oq uy tarixiy assotsiatsiyasi tomonidan nashr etilgan “Prezidentlar o‘ynaydi” (“Presidents Play”) nomli bolalar kitobini ovoz chiqarib o‘qib bergan. Ushbu kitobda Prezidentlarning sport bilan shug‘ullanayotgani hamda dam olish uchun Oq uy va uning hududidan foydalanayotgani aks etgan suratlar jamlangan.

Oq uy rahbari varaqni o‘girganda, u yerda Oq uydan turib Superkubok (Super Bowl) o‘yinining jonli efirini kuzatayotgan prezident tasvirlangan. Bu surat unga yangi bir g‘oya berganini ikkinchi xonim Usha Vensga aytib o‘tgan.

“Balki men Barak Huseyn Obama, Jo Bayden va Bushlarni yoki Bushni taklif qilishim kerakdir? Balki ulardan birontasini birgalikda futbol uchrashuvini tomosha qilishga chaqirarman? Bu ajoyib voqea bo‘lmasmidi? Matbuot bundan telbalarcha hayratga tushgan bo‘lardi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp mamlakat mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini Janubiy Dakota shtatidagi Maunt-Rashmor yodgorligida nutq so‘zlash bilan boshlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing