Tramp Eronga qarshi operatsiya qachon to‘xtatilishini aytdi
Olam
−
09 mart 12700 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiyani qachon tugatish haqidagi qaror AQSH va Isroil tomonidan birgalikda qabul qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda u “The Times of Israel” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
AQSH Prezidentining aytishicha, bu qaror Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
“Menimcha, bu o‘zaro qaror bo‘ladi. Biz bu haqda gaplashganmiz. Men to‘g‘ri vaqtda qaror qabul qilaman, ammo barcha omillar hisobga olinadi”, degan Tramp.
Jurnalistlar Isroil AQSH zarbalarni to‘xtatganidan keyin ham Eronga qarshi urushni davom ettirishi mumkinmi, degan savolni berganida, Tramp bunday ehtimolni ko‘rib chiqmayotganini bildirgan.
Shuningdek, u Eron Islom Respublikasi Isroilni yo‘q qilishni rejalashtirganini aytgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar u va Binyamin Netanyaxu operatsiyani boshlamaganida, Eron Isroilga jiddiy tahdid solishi mumkin edi.
“Eron Isroilni va uning atrofidagi barcha narsalarni yo‘q qilishni rejalashtirayotgan edi. Biz birgalikda ishladik. Isroilni yo‘q qilishni istagan davlatni yo‘q qildik”. degan Oq uy rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning yangi oliy rahbari etib 56 yoshli Sayyid Mujtabo Xomanaiy tayinlangandi.
Live
Barchasi