Tojikiston harbiylari Moskvadagi g‘alaba paradida qatnashadi

Olam

image

Tojikistonlik harbiylar Rossiyaning Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etadi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vazirligi “AsiaPlus”ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tojikistonlik zobit va askarlar may oyi boshida Rossiya poytaxtidagi Qizil maydonda saf tortadi. Ushbu paradda mamlakatdan qancha askar borishi aytilmagan.

Qolaversa, Tojikistondan tashqari, Qirg‘iziston ham o‘z harbiylarining paradda ishtirok etishini tasdiqlagan. Qirg‘izistondan 80 nafar askar Moskvadagi paradga borishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi tantanalariga 19 mamlakat, jumladan, sobiq Ittifoqning 7 davlatidan harbiy xizmatchilar taklif etilgan. Ayni paytda 10 ta davlat harbiylari o‘z ishtirokini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing