“Tottenxem” 41 yil ichida ilk bor Yevrokubok yutdi

Sport

image

Kecha, 21 may kuni Angliyaning “Tottenxem” klubi futbolchilari Yevropa Ligasi finalida “Manchester Yunayted”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, 41 yildan beri ilk bor Yevrokubok sovrinini qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi uchrashuv Ispaniyaning Bilbao shahridagi “San-Mames” stadionida bo‘lib o‘tdi. Yagona golni 42-daqiqada Brennan Jonson kiritdi.

Bu “Tottenxem” uchun 1984 yildan beri ilk Yevrokubok g‘alabasi bo‘ldi – o‘shanda klub UEFA Kubogini yutgan edi. Shuningdek, jamoa 2008 yilda Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan, shundan so‘ng esa to‘rt marta finalda mag‘lub bo‘lgan: Angliya Liga Kubogida (2009, 2015, 2021) va Chempionlar Ligasi finalida (2019).

Joriy mavsumda finalda o‘ynagan har ikkala klub – “Tottenxem” ham, “Manchester Yunayted” ham Angliya Premer Ligasida omadsiz ishtirok etmoqda. Ular 16–17-o‘rinlarda bo‘lib, quyi ligaga tushib ketish zonasi yaqinida joylashgan. Bu har ikki jamoa uchun so‘nggi o‘n yillikdagi eng yomon natijalardan.

Ushbu g‘alaba evaziga “Tottenxem” keyingi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Tottenxem Evropa Ligasi Angliya Prem'er Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing