Toshkentning ayrim ko‘chalari 3 kunga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichida asfalt yotqizish ishlarini yakunlash munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 31 iyul soat 23:00 dan 3 avgust soat 22:00 ga qadar quyidagi yo‘l uchastkalari barcha transport vositalari uchun yopiladi:

  • Oqqo‘rg‘on ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Osiyo ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
  • Parkent ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Parkent-2 ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.

Qayd etilishicha, cheklovlar asfalt yotqizish ishlarini sifatli va xavfsiz yakunlash, yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich takomillashtirish hamda transport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Mas’ullar haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya qilgan.

Avvalroq, Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha yo‘nalishidagi qatnov qismi qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 12 kun muddatga transport vositalari harakati uchun yopilishi xabar qilingandi. Shuningdek, ko‘chaning ikkinchi — qarama-qarshi tomonini ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan Mustaqillik shoh ko‘chasining bir qismi qurilish-ta’mirlash ishlarining navbatdagi bosqichi munosabati bilan ikki haftadan ortiq muddatga transport harakati uchun yopilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, magistral issiqlik quvurini yangilash ishlari olib borilishi sababli Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘li vaqtinchalik yopilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing