Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 11 avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, soat 02:22 da yong‘in haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. 
Favqulodda xabar ortidan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:29 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlariga kirishgan. Yong‘inni bartaraf etishga jami 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan. Yong‘in soat 03:24 da qurshab olinib, 04:46 da to‘liq o‘chirildi.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Uch qahramon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing