Toshkentdagi to‘yxona alanga ichida qoldi

3-sahifa

image

Kecha, 28 iyun kuni  Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan “Meros” to‘yxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in haqidagi xabar boshqarmaga soat 21:29 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 21:37 da yetib borgan. Soat 22:42 da yong‘in o‘chirilgan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yxona ichidan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Ta’kidlanishicha, vaziyat to‘liq Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan maishiy xizmat ko‘rsatish binosida yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Meros to'yxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing