Andijonda maishiy xizmat ko‘rsatish binosiga o‘t ketdi
3-sahifa
−
28 iyun 2025 3106 1 daqiqa
Bugun, 28 iyun kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan maishiy xizmat ko‘rsatish binosida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:09 da Qo‘rg‘ontepa tumani Mustaqillik MFY hududida joylashgan tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo‘lgan maishiy xizmat ko‘rsatish binosida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Yong‘in soat 16:34 qurshab olingan va soat 16:45 da batamom o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda hodisaning sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida joylashgan avtomobil shinalari do‘konida yong‘in chiqqan edi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025