Abduqahhor Yunusov “Shayx Zayniddin” masjidiga imom bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugungacha “Minor” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor Yunusov Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shuningdek, bugun, 16 mart kuni Toshkent shahridagi bir necha markaziy masjidga imom-xatiblar tayinlangan.

Quyidagi markaziy jome masjidlarga yangi imom-xatiblar:

•  Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin Abdurashidov Olmazor tumani “Ibrohimboy Orifjonboy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

•  Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi vazifasi tayilandi. 

Avvalroq, QALAMPIR.UZ o‘z manbalariga tayanib Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov “Minor” masjidi imom-xatibi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edi. Musulmonlar idorasi tomonidan berilgan ma’lumotda Sayfuddinov “Minor” masjidi imom-xatibi o‘laroq ish boshlagani tasdiqlangan. U joriy yilning yanvar oyi boshida o‘z ixtiyori bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi va "Minor" masjidi imom-xatibi lavozimlaridan ketgan edi. Uning o‘rnini esa Abduqahhor Yunusov egalladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi ham Abduqahhor Yunusov bilan Ko‘kchadagi “Shayx Zayniddin” jome masjidiga ko‘chirilgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing