Toshkentdagi festivalda fuqarolar mushtlashib ketdi (video)
3-sahifa
−
03 avgust 21672 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida o‘tkazilgan “Mangal Fest” festivalida kecha, 2 avgust kuni bir necha fuqarolar janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi. Holatga poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
IIBBga ko‘ra, mazkur festivalning tinch va osoyishta o‘tishini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar jalb qilingan. Biroq ayrim fuqarolar jamoat tartibini buzib, o‘zaro janjallashgan va shu yerda xizmat olib borayotgan IIO va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu janjal to‘xtatib qolingan. Bu orqali og‘ir oqibatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Janjallashgan fuqarolarning shaxsi aniqlanib, profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida yaqin oradagi IIBga olib borilgan. Videoda aks etgan holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha jamoat tartibini buzishda ishtirok etgan fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-29 iyun kunlari Toshkent shahrining Taras Shevchenko ko‘chasida pivo festivali o‘tkazilgandi. Ammo ushbu festival haqida hech kim izoh bermadi va kim tomonidan o‘tkazilgani-yu, kim bunga ruxsat bergani ham ochiqlanmadi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjonova pivo festivali haqida tanqidiy fikr bildirgandi. Deputat Alisher Qodirov esa uni o‘tkazgan va unga ruxsat bergan shaxslar jazolanishi kerakligini aytgandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr