Toshkentda o‘quvchining boshiga urgan o‘qituvchi jazolandi
3-sahifa
−
19 fevral 3582 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent shahridagi 240-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposlagani haqida videoxabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi 240-sonli umumta’lim maktabida shu yilning 15 yanvar kuni taxminan soat 16:00 lar atrofida 5-“D” sinf o‘quvchisi M.S. boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi N.Q.ning dars mashg‘ulotiga o‘tishiga xalaqit qilib, sinfxona eshigini bir necha marta tepgan va taqillatgan. Oqibatda o‘qituvchi N.Q. o‘quvchiga tanbeh berib, M.S.ni sinf rahbari oldiga olib borgan va boshiga bir marotaba urgan. Ammo video murojaatda aks etgan lavha 240-maktabga tegishli emasligi aniqlangan.
O‘quvchining onasi O.D. o‘qituvchining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, huquq-tartibot idoralariga shikoyat xati bilan murojaat qilgan. 2025 yil 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi qaroriga ko‘ra, o‘qituvchi Q.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 33-moddasi (Yengilroq ma’muriy jazo chorasining qo‘llanilishi) qo‘llanilib, jarima jazosi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘qituvchi o‘quvchini beayov kaltaklagandi.
Live
Barchasi