Toshkentda talabalar orasidagi jinoyatlar ko‘paydi. Qaysi OTM yetakchi?
3-sahifa
−
30 aprel 15077 2 daqiqa
2025 yilning birinchi choragida poytaxtdagi talaba yoshlar tomonidan 460 ta jinoyat sodir etildi. Bu haqda kecha, 29 aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilar tarbiyasi, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, prokuratura tomonidan tayyorlangan ma’lumotga asosan, yoshlar va talabalar orasida jinoyatchilik avvalgi yilga nisbatan keskin ortgan.
2025 yilning birinchi choragida poytaxtdagi yoshlar tomonidan 460 ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foizga yuqoridir (2024 yilning birinchi choragida bu raqam 329 tani tashkil etgan). Talabalar orasida esa ushbu ko‘rsatgich 7,8 foizga ko‘paygan.
Shuningdek, talabalari eng ko‘p jinoyat sodir etayotgan poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari nomlari ham ma’lum bo‘lgan.
Davlat OTMlari kesimida:
1-o‘rin: Toshkent davlat transport universiteti – 27 nafar.
2-o‘rin: Toshkent davlat texnika universiteti – 21 nafar.
3-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti – 20 nafar.
4-o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 19 nafar.
5-o‘rin: Toshkent davlat yuridik universiteti – 12 nafar.
Nodavlat OTMlar kesimida:
1-o‘rin: ISFT – 23 nafar.
2-o‘rin: Alfraganus universiteti – 20 nafar.
3-o‘rin: Kimyo xalqaro universiteti – 19 nafar.
Shuningdek, Toshkent shahar prokuraturasi o‘tkazgan yig‘ilishda poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan eng ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlarning turlari haqida ham ma’lumot berilgan.
Yo‘l transport hodisasi – 72 ta
O‘g‘irlik – 57 ta
Giyohvandlik – 46 ta
Tan jarohati – 41 ta
Bezorilik – 24 ta
Bosqinchilik – 11 ta
Qotillik – 5 ta
Talonchilik – 5 ta
Nomusga tegish – 2 ta
Boshqa – 48 ta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning I choragi davomida O‘zbekistonda 4 764 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi