Toshkentda “pampers”dan dorilar chiqdi (video)
3-sahifa
−
17 fevral 8849 1 daqiqa
Joriy yilning 15 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportida bolalar tagligiga yashirilgan dori vositalari aniqlandi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona komleksi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kuni aeroportning bojxona posti xodimlari tomonidan Dehli shahridan Toshkentga uchib kelgan hamda “yashil yo‘lak” orqali harakatlangan fuqaroning yuklari tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Shunda yuklarining orasida bolalar tagligi (pampers) ichiga yashirilgan 303 dona har xil turdagi va nomdagi dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirda qalbaki va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosiga chek qo‘yilgandi.
Live
Barchasi