Toshkentda Keles yo‘li ko‘chasini kengaytirish uchun ko‘chmas mulk ob’ektlari olib qo‘yiladi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2023
7756Toshkentning Olmazor tumani Keles yo‘li ko‘chasini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, atrofida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida hududda joylashgan aholi va tadbirkorlarga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladi. Bu bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining tegishli qarorida ma’lum qilindi.
Unda aytilishicha, mazkur ko‘chmas mulk ob’ektlarining soni jami 15 ta bo‘lib, mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazilgan. Qarorda ko‘chmas mulk egalariga o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya berilganidan keyin ko‘chmas mulkning olib qo‘yilishiga ruxsat berilishi belgilangan.
Keles yo‘li ko‘chasini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, atrofni obodonlashtirish ishlari joriy yilning oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi rejalashtirilgan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlari bilan notarial tartibda kelishuv bitimi imzolanadi.
LiveBarchasi