Toshkentda fuqarolarga soxta dacha sotgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida ijtimoiy tarmoqlar orqali dacha ijarasi haqida yolg‘on e’lonlar joylashtirib, kamida 15 nafar fuqarodan pul undirgan 26 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ichlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi turli odamlarga tegishli bo‘lgan dachalarning suratlarini internetda arzon narxlarda reklama qilib, ijaraga berilayotgandek ko‘rsatgan. E’longa ishonib, pul o‘tkazgan fuqarolar esa keyin unga bog‘lana olmay qolgan.

Xususan, 22 iyun kuni Toshkent shahar IIBBga murojaat qilgan fuqaro dacha ijarasi uchun noma’lum shaxsga 1,4 million so‘m pul o‘tkazganini ma’lum qilgan. Pul o‘tkazilgach, e’lon muallifi birdaniga aloqani uzgan va g‘oyib bo‘lgan.

Axborot texnologiyalariga oid jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlangan shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. Tergov davomida u shu uslubda kamida 15 ta holatda fuqarolarni aldab, pullarini qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan protsessual choralar ko‘rilib, surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqib, o‘zbekistonliklardan mamlakatdagi mehmon uylariga internet orqali oldindan to‘lov qilishda shoshilmaslikni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent dacha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing