Toshkentda erkak trend olish uchun Malibu kapotida raqsga tushdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur trendni takrorlamoqchi bo‘lib, Malibu avtomobilining kapotida raqsga tushayotgan erkak aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, huquqbuzar qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, Malibu avtomobili Damas'ga tegishli davlat raqam belgisi bilan harakatlangan. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 6-qismi (Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

“Men jarohat olishim ham mumkin edi, bu yaqinlarim uchun ham og‘ir bo‘lardi. Oilam ham qiynalardi. Qilgan ishimdan afsusdaman. Boshqa bunday qilmayman. Trend uchun bunday ish qilish kerak emas ekan. Trend ortidan quvsang, o‘zingga, hamyoningga va oilangga ziyon yetkazishing mumkin ekan”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq trend video olish uchun yo‘lning o‘rtasida suratga tushgan oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilariga chora ko‘rilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Malibu trend

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing