Toshkentda ham sifatsiz qurilgan maktab stadioni qulab tushdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Qoratosh mahallasida joylashgan 324-maktab hududidagi futbol maydoni uskunalari qulab tushgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt hokimligi munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, dastavval sport maydonchasi qulashining sababi sifatida joriy yilning 26-27 fevral kunlaridagi qor yog‘ishi kabi noqulay ob-havo sharoiti ko‘rsatilgan. Biroq dastlabki texnik tekshiruvga ko‘ra, ob-havo omili vaziyatni yanada og‘irlashtirgan bo‘lsa-da, asosiy sabab qurilish ishlarining sifatsiz bajarilgani va belgilangan talablarga javob bermaydigan materiallardan foydalanilgani bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda loyiha me’yorlariga rioya etilishi batafsil tekshirilmoqda, shuningdek, pudratchi tashkilot bajargan ishlar chuqur tahlil qilinmoqda. Tekshiruv yakuniga asosan mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Keyingi ishlarning borishi va tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Baxmal tumanida “Open budget” loyihasi doirasida qurilgan 1,1 mlrd so‘mlik stadion foydalanishga topshirilganiga 1 oy bo‘lmasdan qulab tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maktab stadioni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing